Jahon

Isroil Eron harbiy bazalariga hujum qildi

Isroil Eron harbiy bazalariga hujum qildi

Bugun, 19-aprel kuni ertalab Isroil Erondagi ob’ektga raketa hujumi uyushtirdi. Bu haqda ABC telekanali xabar berdi. “Fars” agentligi ham Eronning Isfaxon viloyatida portlashlar sodir bo‘lganini tasdiqladi.

Qayd etilishicha, shimoli-g‘arbiy Isfahon viloyatidagi harbiy baza yaqinida uchta portlash sodir bo‘lgan.

Ehtimoliy zarba haqidagi xabarlar tufayli Eron havo hududidagi kamida sakkizta reys boshqa joyga yo‘naltirildi. Tehron aeroportida Toshkent vaqti bilan soat 08:00 gacha xalqaro reyslar bekor qilindi.

IRNA axborot agentligi Eronning bir qancha viloyatlaridagi havo hujumidan mudofaa kuchlarining ishga tushganini xabar qildi.

“AQSH Isroilning Eronga hujumida ishtirok etmadi, biroq bu haqda ogohlantirildi”, deb xabar berdi NBC.

CNN bergan ma’lumotga ko‘ra, Qo‘shma Shtatlar yahudiy davlatining javob hujumini qo‘llab-quvvatlamagan.