Unda Milliy gvardiya va boshqa huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari tomonidan ommaviy tadbir o‘tkaziladigan joylar, bozorlar, savdo majmualari va kino-teatrlarda fuqarolar xavfsizligi va jamoat tartibi taʼminlanib kelinayotgani aytilgan.
Xususan, 18-aprel kuni Humo Arena saroyida bo‘lib o‘tgan xonanda Macan’ning konsert dasturiga ham Milliy gvardiya xodimlari shu maqsadda jalb qilingan. Konsert chiptalar iTicket xodimlari tomonidan maxsus skaner qurilmasining QR-kodi orqali tekshirilib kiritilgan.
“O‘z-o‘zidan maʼlumki, bunday chiptalarga ega bo‘lgan fuqarolar nazorat o‘tish joyidan ichkariga qo‘yilmagan”, deyiladi xabarda.
Milliy gvardiya va ichki ishlar xodimlari tomonidan ushbu fuqarolar bilan tushuntirish ishlari olib borilgan va jamoat tartibi saqlangan.