Jahon

AQSH Iroqning Bobil viloyatiga havo hujumi uyushtirdi

AQSH Iroqning Bobil viloyatiga havo hujumi uyushtirdi

Iroqning Bobil viloyatidagi Hashd ash-Shabi shtab-kvartirasiga havo hujumi uyushtirildi. Bu haqda Hashd ash-Shabi Bobil matbuot xizmatiga tayanib, «Anadolu» agentligi xabar berdi.

Hashd ash-Shabi Bobil matbuot xizmati bergan ma’lumotga ko’ra, AQSh Bobildagi Kalso harbiy bazasidagi Kalkan, Seraya al-Jihod va Nuxba shtab-kvartiralariga dushman havo hujumi uyushtirdi.

Qo‘shma Shtatlar Iroqning Bobil viloyatidagi Hashd ash-Shabiiy shia jangarilarining qarorgohiga havo hujumi uyushtirdi.

Bayonotda, hujum oqibatida halok bo’lgan yoki jarohatlanganlar yo’qligi ta’kidlandi.