Jahon

Dunyoda harbiy xarajatlar 2 trillion dollardan oshib ketdi

Dunyoda harbiy xarajatlar 2 trillion dollardan oshib ketdi

2023-yilda harbiy xarajatlar 10,4 foizga oshib, 2,12 trillion dollarga yetgan. Bunga asosiy sabab sifatida Ukraina va G‘azo sektoridagi mojarolar, shuningdek, Qizil dengiz mintaqasidagi vaziyatning keskinlashuvi keltirib o‘tilgan.

O‘tgan yilda global miqyosidagi umumiy mudofaa xarajatlari 2 trillion dollardan oshib ketgan. Bu haqda Amerikaning Forecast International mudofaa texnologiyalari konsalting kompaniyasi hisobotida keltirib o‘tilgan.

Bundan tashqari, ekspertlar 2030-yilgacha mudofaa xarajatlari yanada oshishi mumkinligini prognoz qilishmoqda.

O‘zbekistonda ham mudofaa va xavfsizlik xarajatlari 2023-yilda 3,2 trillion so‘mga oshirilgani xabar qilingandi.