Jahon

Isroilning G’azodagi hujumlari qurbonlari soni 34 049 nafarga yetdi

Isroilning G’azodagi hujumlari qurbonlari soni 34 049 nafarga yetdi

Isroilning 2023-yil 7-oktabrdan beri blokadadagi G’azo sektoriga uyushtirgan hujumlari natijasida halok bo’lgan falastinliklar soni 34 ming 49 nafarga yetdi. Bu haqda G‘azo sektoridagi Falastin sog‘liqni saqlash vazirligi bayonotida aytiladi.

Departament xabariga ko‘ra, birgina so‘nggi 24 soat ichida 37 falastinlik Isroil hujumlari qurboni bo‘ldi, yana 68 kishi jarohat oldi.

Sog’liqni saqlash vazirligi, Isroilning 7-oktyabrdan beri davom etgan hujumlari chog’ida jami yaralanganlar sonining 76 901 kishiga ortganini qayd etdi.

G’azoning 2,3 million aholisi Isroilning havo, quruqlik va dengizdagi ommaviy bombardimonlari hamda eksklavning to’liq blokadasi tufayli oziq-ovqat, suv va dori-darmon tanqisligidan aziyat chekmoqda.

Minglab binolar, jumladan, shifoxonalar, masjidlar va cherkovlar ham Isroilning havo va quruqlik hujumlaridan zarar ko’rgan yoki butunlay vayron bo’lgan.

Halok bo‘lganlarning jasadlari hamon vayron bo‘lgan binolar vayronalari ostida va yo‘l chetlarida qolmoqda. Tez yordam va fuqaro mudofaa guruhlari Isroil kuchlarining to‘siqlari tufayli ularga yetib bora olmayapti. Isroilda qurbonlar soni 1200 ga yaqin.