Hodisa, Jahon

Qozog’istonda toshqindan jami 3814 nafar bola jabr ko’rdi

Qozog’istonda toshqindan jami 3814 nafar bola jabr ko’rdi

Toshqindan jabr ko‘rgan hududlardan 8786 kishi, jumladan, 3814 nafar bola vaqtinchalik boshpanalarda hayot kechirmoqda. Favqulodda vaziyatlar vazirligi Qozog‘istondagi suv toshqini holati haqida ma’lum qildi, deya xabar bermoqda “Kazinform” axborot agentligi.

Qayd etilishicha, qattiq suv toshqinlari 26 mingdan ortiq odamni Qulsaridan Mang‘istau viloyatiga evakuatsiya qilishga majbur qildi.

Vaqtinchalik boshpanalarda seldan jabr ko‘rgan hududlardan 8786 kishi, jumladan, 3814 nafar bolalar vaqtincha yashamoqda. Jabrlanganlarning 21 494 kishi o’z yashab turgan hududiga qaytdi.

10,9 million kub metr erigan suv chiqarildi, 3,7 milliondan ortiq qum qoplari va 1,4 million inert materiallar yotqizildi.

4534 ta xonadon va 2763 ta tomorqalardan suv tortildi.