Jahon

AQSHning Suriyadagi harbiy bazasiga havo hujumi uyushtirildi

AQSHning Suriyadagi harbiy bazasiga havo hujumi uyushtirildi

Suriyaning Xasaka shahri yaqinidagi Xarab al-Jir aeroportidagi Amerika harbiy bazasiga Iroq hududidan beshta raketa uchirildi. Bu haqda Iroq xavfsizlik xizmati bayonotiga tayanib, “Shafaq News” xabar berdi.

Qayd etilishicha, raketalarning bir qismi Iroq hududiga tushgan. Raketalar uchirilgan qurilma Iroqning Mosul shahri yaqinida joylashgan bo‘lib, u Amerika samolyoti tomonidan yo‘q qilingan.

“Shafaq News” xabariga ko‘ra, AQSH harbiy-havo kuchlari samolyotlari Iroq-Suriya chegarasi bo‘ylab jadal parvoz qilmoqda.

Amerika bazasi ham dron tomonidan hujumga uchragan. Ma’lumotlarga ko‘ra, havo hujumidan mudofaa kuchlari dronni bazaga yetib bormasdan urib tushirgan. Markazning ta’kidlashicha, bu «24 soatdan kamroq vaqt ichida bunday turdagi ikkinchi hujum». Birinchi shunday hujum AQSHning Dayr-az-Zordagi bazasida sodir bo‘ldi.