Toshkent shahrida gul ko‘chatlarini xarid qilishga 7 mlrd 920 mln so‘m mablag‘ ajratildi. Bu haqda poytaxt hokimi Shavkat Umurzoqovning qarori qabul qilindi.
Ma’lum qilinishicha, ushbu mablag‘ Toshkent shahar mahalliy byudjetining zaxira jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan ajratiladi.
“Toshkent shahar mahalliy byudjetining zaxira jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan Obodonlashtirish bosh boshqarmasi tizimidagi ixtisoslashtirilgan boshqarmalar va tumanlar Obodonlashtirish boshqarmalariga gul ko‘chatlarini xarid qilish bilan bog‘liq xarajatlarga jami 7 920,0 mln (yetti milliard to‘qqiz yuz yigirma million) so‘m miqdorida mablag‘lar taqsimlansin”, deyiladi qarorda.
Mablag‘larning bir qismi poytaxt tumanlarining Obodonlashtirish boshqarmalariga taqsimlab berilgan.
Eslatib o’tamiz, 2023-yilning sentyabr oyida Toshkent shahriga gul ekish uchun 12 milliard so’m ajratilgan.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!