Bosh prokuratura huzuridagi Departament, “O‘zenergoinspeksiya” va elektr ta’minoti korxonalari xodimlari bilan hamkorlikda doimiy nazorat tadbirlari o‘tkazilmoqda.
Xususan, Norin tumanida fuqaro Sh.A. “Yaydoq” MFY hududidagi umumiy ovqatlanish binosini hech qanday hujjatsiz tijorat maqsadida elektr tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan ulab, jami 108,8 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganligi aniqlangan.
Bu kabi holat Asaka tumanida “M.” MCHJ masʼullari “Yangisor” MFY hududidagi bog‘dorchilik yer maydoniga o‘rnatilgan 2 ta suv nasosini hamda dala shiyponidagi texnikalarni hech qanday hujjatsiz tijorat maqsadida umumiy foydalanishdagi elektr tarmog‘iga yashirin yo‘l bilan ulab, jami 515,2 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganliklari, shuningdek elektr taʼminoti bo‘yicha shartnomasini soxtalashtirganliklari aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!