Ma’lum qilinishicha, birinchi chorakda oltin eksporti 10,5 foizga oshib, 2,66 milliard dollarni tashkil etgan (2023-yilning birinchi choragida 2,41 milliard dollar bo‘lgan).
Respublika 2023-yil yanvarda 1,2 milliard dollarlik oltin eksport qilgan. 2024-yil yanvarda esa oltin sotilmadi. Fevralda O‘zbekiston tomonidan 1 milliard 317 million 800 ming dollarlik oltin eksporti amalga oshirildi.
Yanvar—mart oylarida O‘zbekiston jahonning 184 ta mamlakati bilan savdo aloqalarini amalga oshirgan. Tashqi savdo aloqasining nisbatan salmoqli hissasi Xitoy (19 foiz), Rossiya (17,7 foiz), Qozog‘iston (5,9 foiz), Turkiya (4,1 foiz) va Janubiy Koreyada (3,4 foiz) qayd etilgan.
- eksport – 6,4 milliard dollar;
- import – 9,4 milliard dollar.
Yillik raqamlarga qaralsa, 2023-yilda O‘zbekistonning jami eksporti hajmi 24,4 milliard dollarni tashkil etgandi. Shundan 33,4 foizi, yaʼni 8,1 milliard dollari oltin eksporti hissasiga to‘g‘ri kelgan. O‘zbekiston o‘tgan yili oltin sotish bo‘yicha dunyoda ikkinchi o‘rinni egalladi. Mamlakat yil davomida qariyb 25 tonnadan ortiq oltin sotgan.