«Ko‘mir bo‘lib kuyib qolgan, o‘zimning bolamni tanimadim… Suddan oliy jazo berishni so‘radim”, deydi marhumning onasi.
Sud hujjatlarida keltirilishicha, marhum va ayol o‘rtasida tez-tez janjal bo‘lib turgan. Sudlanuvchi janjalning sababini eri oxirgi paytlarda uyga pul olib kelmagani va uni boshqa erkaklar bilan gaplashayotganlikda ayblab, rashk qilgani bilan bog‘lagan.
Shu kuni ham erkak ayolga bir shapaloq tushirgan. Shundan keyin ayol erkakning qo‘l-oyog‘ini bog‘lab, tanishiga benzin buyurtma qilgan.
“O‘g‘limni o‘ldiraman degani uchun bor-yo‘g‘i 1,5 litr benzin to‘kdim va yoqdim”, deydi ayblanuvchi.
Aniqlanishicha, sudlanuvchi ilgari ayol qarindoshini pichoqlagani uchun jazo o‘tab chiqqan.
Sud hukmi bilan ayblanuvchi Jinoyat kodeksining 97-modda (qasddan odam o‘ldirish) 2-qismi bilan aybli deb topildi va unga 12 yil muddatga ozodlikdan mahrum etish jazosi tayinlandi.