Yangiliklar

Angrendagi “Telefonsiz maktab”ga 300 mln soʻm pul mukofoti berildi

Angrendagi “Telefonsiz maktab”ga 300 mln soʻm pul mukofoti berildi

Toshkent viloyati hokimi Zoir Mirzayev Angren shahridagi 17-umumiy oʻrta taʼlim maktabida “Otalar uchrashuvi”da ishtirok etdi.

Hokim “Telefonsiz maktab” loyihasini faol qoʻllab-quvvatlagani uchun Angren shahridagi 17-umumiy oʻrta taʼlim maktabi direktori Zebo Mahkamovaga 300 million soʻm pul mukofotini topshirdi.

Ushbu maktab 50 kundan buyon yangi loyihani faol tatbiq qilib kelmoqda.