Ijtimoiy tarmoqlarda keng tarqalgan O‘zbekiston va Qozog‘iston chegarasidagi “G‘ishtko‘prik” bojxona postida tirbandliklar kuzatilayotgani haqidagi xabar muhokamalarga sabab bo‘ldi. Holat yuzasidan Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi munosabat bildirdi.
Unga ko’ra, ayni kunlarda Toshkent viloyati bojxona boshqarmasining “Navoiy” chegara bojxona postida zamonaviy bojxona posti qad rostlayotganligi sababli mazkur postning faoliyati vaqtincha to‘xtatilgan. Shu sababli asosiy oqim «G‘ishtko‘prik» chegara bojxona postiga to‘g‘ri kelmoqda.
“G‘ishtko‘prik” chegara bojxona posti orqali bir kunda 30 mingdan 35 ming nafargacha fuqaro va 1000 dan oshiq transport vositasi xarakatlanmoqda”, deyiladi munosabatda.
Shuningdek, fuqarolar va transport oqimining yildan yilga ko‘payib borayotganligini inobatga olgan holda mazkur postni kengaytirish maqsadida rekonstruksiya ishlari amalga oshirilmoqda. Bojxona boshqarmasi rekonstruksiya ishlari joriy yilning oktyabr oyida to‘gatilishi rejalashtirilganini bildirgan.
Ma’lumot uchun, “Navoiy” chegara-bojxona postining faoliyati 2022-yil 1-dekabrdan modernizatsiya va rekonstruksiya ishlari munosabati bilan vaqtincha to‘xtatilgan.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!