Jahon

Britaniya Rossiyaga qo’yilgan taqiqqa qaramasdan neft import qilmoqda

Britaniya Rossiyaga qo’yilgan taqiqqa qaramasdan neft import qilmoqda

Buyuk Britaniya qonundagi bo‘shliqdan foydalanib, Rossiya Federatsiyasidan rekord hajmdagi neft mahsulotlarini import qilishda davom etmoqda.  Bu haqda The Guardian yozmoqda.

Britaniya 2022-yil 5-dekabrdan boshlab Rossiya neft mahsulotlarini import qilishni rasman taqiqladi, biroq agar Rossiya nefti boshqa davlatda qayta ishlansa, bu taqiq qo‘yilmaydi.

Hukumat maʼlumotlariga ko‘ra, Britaniyaning Hindiston, Xitoy va Turkiyadan qayta ishlangan neft importi 2023-yilda rekord darajadagi 2,2 milliard funt sterlingni tashkil etdi.