NATO Bosh kotibi Yens Stoltenberg ittifoqchilarni Ukrainaga harbiy yordam yetkazishni tezlashtirishga chaqirib, Kiyevning g‘alaba qozonish imkoniyati saqlanib qolayotganini ta’kidladi. Bu haqda Stoltenberg 25-aprel kuni Berlinda bo‘lib o‘tgan tadbirdagi chiqishi chog‘ida aytdi, deb yozadi “Yevropeyskaya Pravda”.
Stoltenbergning ta’kidlashicha, so’nggi oylarda NATO ittifoqchilari Ukrainaga va’da qilingan yordamni ko’rsatmagan.
«Ammo Ukraina g’alaba qozonishi uchun hali kech emas, chunki katta qo’llab-quvvatlash allaqachon yo’lda», – deya qo’shimcha qildi u.
Shuningdek, Bosh kotibning aytishicha, AQSh Kongressi yaqinda Ukrainaga yordam berish uchun qo‘shimcha mablag‘ ajratilishini ma’qullagan va NATOning boshqa a’zolari, jumladan, Britaniya, Germaniya va Niderlandiya yangi yordam paketlarini e’lon qilgan.
«Endi bu majburiyatlarni qurol va o’q-dorilarning haqiqiy ta’minotiga aylantirish va buni tezda bajarish bizning mas’uliyatimizdir», dedi Stoltenberg xulosa qilib.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!