Aniqlanishicha, Nukus shahrida yashovchi K.R. va P.L. ismli ikki ayol IIOga murojaat qilib, “aiaulim.04.04” nomli profil egasi voyaga yetmagan maktab o‘quvchilarining sir saqlanishi lozim bo‘lgan maʼlumotlarini oshkor qilish bilan qo‘rqitib, ulardan pul talab qilayotganini maʼlum qilgan.
Tezkor-qidiruv xizmati Kiberxavfsizlik bo‘linmalari xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida mazkur jinoyatni Nukus shahrida yashovchi 27 yoshli J.A. sodir etgani aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 165-moddasi 2-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, M.A.ning sodir etilib, fosh qilinmagan boshqa shu turdagi jinoyatlarga aloqadorligini tekshirish maqsadida tezkor-surishtiruv ishlari olib borilmoqda.