Amaldorlarga isrofgarchilikka yo‘l qo‘yilgan tadbirlarga bormaslik tavsiya etildi.
Qirg‘iziston Vazirlar Mahkamasi rahbari Oqilbek Japarov prezident administratsiyasi hayʼati yig‘ilishida hukumat aʼzolariga «to‘yma-to‘y yurishni» taqiqladi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, prezidentning barcha farmon va ko‘rsatmalari o‘z vaqtida bajarilishi kerak. Vazirlar Mahkamasi rahbari Sadir Japarovning to‘y vaqtida chorva so‘yishni taqiqlash va isrofgarchilikka yo‘l qo‘ymaslik haqidagi qaroriga alohida to‘xtalib o‘tdi.
«Agar biror joyda isrofgarchilikni ko‘rsangiz, u yerga bormang. To‘yma-to‘y yurmang», dedi Oqilbek Japarov.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!