Qayd eilishicha, mototsikldagi qurollangan shaxslar G‘uzra tumanidagi “Shahrak Muhammadiy” masjid namozxonlarini avtomat bilan o‘qqa tutgan. Hodisa oqibatida olti kishi, jumladan, to‘rt erkak, bir ayol va bola halok bo‘lgan.

“Tolibon” ichki ishlar vazirligi rasmiysi ma’lumotni tasdiqlamoqda. Qurbonlar orasida “Imom Zamon” nomi bilan mashhur bo‘lgan masjid imomi Shayx Javed ham borligi aytilmoqda.

Qurollangan shaxslar voqea joyidan yashiringan. Otishmada yaralangan ayollar va bolalar borligi aytilmoqda. Hozircha hech bir guruh hujum uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga olmagan. G‘uzra tumanida asosan hazoriylar istiqomat qiladi va hudud bir necha bor ISHID jangarilari tomonidan hujumga uchragan.