Shimoliy Afrika qirg‘oqlaridan chiqib, Ispaniya Kanar orollariga yo‘l olgan qayiq Atlantika okeanida cho‘kib ketganidan keyin 51 nafar noqonuniy muhojir bedarak yo‘qolgan.
Ispaniyaning rasmiy xabar agentligi EFEning ma’lum qilishicha, Kanar orollaridan biri El Xyerrodan 110 kilometr uzoqlikda cho‘kib ketgan.
Cho‘kayotgan qayiq tongda Braziliyadan Ispaniyaning Kartagena portiga ketayotgan Beskidi nomli neft tashuvchi tankerdan qirg‘oq qo‘riqlash xizmatiga xabar qilingan.
Hududga qayiq va vertolyot jo’natgan Ispaniya qirg’oq qo’riqlash xizmati, yarmidan ko’pi cho’kib ketgan qayiqning kichik qismiga yopishib omon qolishga harakat qilgan 9 nafar noqonuniy muhojirni qutqardi. Ushbu ma’lumotlarga ko’ra, 51 kishi bedarak yo’qolgan.
Tirik qolgan noqonuniy muhojirlarning barchasi erkaklar bo’lib, Ispaniya rasmiylariga bergan birinchi bayonotlarida dengizda taxminan ikki kundan beri yordam kutayotganini aytishgan. Ular Senegaldagi M’Bour sohilidan 9 kun oldin yo’lga chiqqan.
Noqonuniy muhojirlar shifoxonaga yotqizilgan.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!