Statistika agentligiga ko‘ra, 2024-yil I choragida O‘zbekistonda 40 197 kishi vafot etdi. Shundan erkaklar soni 21,9 ming, ayollar soni 18,3 ming nafarni tashkil etdi.
O‘lim sabablari:
- qon aylanish tizimi kasalliklaridan – 57,9%,
- o‘simtalardan – 9,1%,
- nafas olish a’zolari kasalliklaridan – 7,5%,
- baxtsiz hodisa, zaharlanish va jarohatlanishlardan – 4,5%,
- ovqat hazm qilish a’zolari kasalliklaridan – 4,1%,
- yuqumli va parazitar kasalliklardan – 1,2%,
- boshqa kasalliklardan vafot etganlar – 15,7%.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!