O‘zbekiston

Prezident futbol bo‘yicha O‘zbekiston yoshlar terma jamoasini tabrikladi

Prezident futbol bo‘yicha O‘zbekiston yoshlar terma jamoasini tabrikladi

Prezident futbol bo‘yicha O‘zbekiston yoshlar terma jamoasini tabrikladi.

— Sizdek azmu shijoatli yoshlarimizning tajribali murabbiy va mutaxassislar rahbarligida mazkur musobaqaga puxta tayyorgarlik ko‘rib, har bir o‘yinda chinakam mahorat, jasorat va matonat namunasini ko‘rsatganingiz albatta yuksak tahsinga munosibdir.

Osiyo qitʼasidagi eng kuchli jamoalar bilan qizg‘in kurashlar ostida bo‘lib o‘tgan 5 ta o‘yinda ham jamoamiz darvozasini daxlsiz saqlab, raqiblar darvozasiga 14 ta javobsiz to‘p kiritganingiz ham futbolimiz tarixida misli ko‘rilmagan natijadir.

Ishonchim komilki, sizlar bu yutuqdan yana-da ruhlanib, final bellashuvida “Osiyo chempioni” degan sharafli nom uchun munosib kurash olib borasiz.

Fursatdan foydalanib, barchangizga, sizlarning mehribon ota-onalaringiz, ustoz-murabbiylaringizga ham chin qalbimdan minnatdorchilik bildiraman.