Qayd etilishicha, mamlakatda ayollar hali ham harbiy xizmatni o‘tash huquqiga ega, ammo bu ixtiyoriy. Kelgusida ayollar erkaklar bilan teng ravishda harbiy tayyorgarlikdan o‘tadi.
“Safarbar qilinganlar qurolli kuchlar topshirig‘ini bajarishda asosiy rol o‘ynaydi va murakkab vaziyat yuzaga kelgan taqdirda milliy safarbarlik qobiliyatini kuchaytiradi”, deydi Daniya mudofaa vaziri.
Muddatli harbiy xizmat 11 oygacha davom etadi, bu 5 oylik asosiy tayyorgarlik va yana 6 oylik tezkor xizmatga bo‘linadi. Hozirda Daniyada muddatli harbiy xizmat atigi 4 oydan iborat. Har yili 7500 nafarga yaqin kishini muddatli harbiy xizmatga chaqirish rejalashtirilgan.
2023-yilda Daniyada 4700 kishi harbiy xizmatga chaqirilgan bo’lib, ularning har to‘rtinchisi ayol edi.
Shuningdek, Daniyada muddatli harbiy xizmatga chaqirilgan serjantlar va leytenantlar lavozimlari tiklanadi. Ular harbiy xizmatga chaqiriluvchilarni tayyorlashga yordam berish uchun ikki yil xizmat qilishi kerak. Yangi chaqiruv modeli uchun 16 milliard Daniya kronasi (2 milliard yevrodan ortiq) ajratilgan. Umuman olganda, mamlakat mudofaa uchun rekord darajadagi 95 milliard krona (12 milliard yevro) sarmoya kiritmoqda.