Jahon

Quddusda Turkiya fuqarosi politsiyaga hujum qildi

Quddusda Turkiya fuqarosi politsiyaga hujum qildi

Isroil politsiyasiga pichoq bilan hujum uyushtirgan va voqea joyida halok bo‘lgan Hasan Saklanan Quddusga ekskursiya bilan keldi. Taʼkidlanishicha, Hasan Saklanan hujumni amalga oshirish uchun kasallik bahonasida ekskursiya vaqtida guruhni tark etgan. Saklanan Turkiyaning Urfa shahrida ro‘yxatga olingani aytiladi.

34 yoshli Hasan Saklanan Turkiyaning Shanliurfa shahridagi masjid imom-xatibi, uylangan, to‘rt farzandning otasi edi. U isroillik bosqinchini o‘ldirish va shahid bo‘lish uchun ishg‘ol ostidagi Falastindagi Al-Qudsga (Quddus) sayyoh sifatida kelgan.

Quddusdagi hujumdan so‘ng Turkiyadan kelgan sayohatchilar tez-tez to‘xtab turadigan “Nev Sapitol” mehmonxonasi Isroil politsiyasi tomonidan o‘rab olingani va tintuvlar o‘tkazilgani xabar qilingandi.