Yangiliklar

Ikki hududda elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holatlari fosh etilmoqda

Ikki hududda elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holatlari fosh etilmoqda

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Nurota tuman boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “N.” fermer xoʻjaligi masʼul shaxslari “Mustaqillik” MFY hududidagi suv nasoslarini hech qanday hujjatsiz tijorat maqsadida umumiy foydalanishdagi elektr tarmogʻiga oʻzboshimchalik bilan ulab, jami 129,9 mln soʻmlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganliklari aniqlangan.

Shu kabi, Departamentning Yuqorichirchiq tuman boʻlimi tomonidan ETK xodimlari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “I.G.” oilaviy korxonasi rahbari O.R. “Jumabozor” MFY hududidagi avtotransport vositalarini yuvish xizmati binosini hech qanday hujjatsiz tijorat maqsadida umumiy foydalanishdagi elektr tarmogʻiga oʻgʻrilik yoʻli bilan ulab, jami 112,4 mln soʻmlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganliklari aniqlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (oʻgʻrilik) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.