Jahon, Siyosat

Migratsiya agentligi Rossiyada ishlayotgan O‘zbekiston fuqarolarini ogohlikka chaqirdi

Migratsiya agentligi Rossiyada ishlayotgan O‘zbekiston fuqarolarini ogohlikka chaqirdi

Keyingi paytlarda Rossiyada ishlayotgan o‘zbekistonliklar orasida internetdagi e’lonlar orqali katta pul evaziga mahsulotni bir manzildan ikkinchi manzilga yetkazib berish bo‘yicha muammolar yuzaga kelmoqda.

Migratsiya agentligi xabariga ko‘ra, murojaatlardan norasmiy kur’yerlik xizmatlarida narkotik yoki taqiqlangan moddalar solingan buyurtmalarni yetkazib berish (zakladka) taklif qilinayotgani va buning oqibatida politsiya xodimlari tomonidan ular ushlanib, jinoiy javobgarlikka tortilayotgani ma’lum bo‘lmoqda.

Shu munosabat bilan, o‘zbekistonliklardan norasmiy kur’yerlik xizmatlarida ishlamaslik, katta miqdordagi pul evaziga shubhali buyumlarni bir manzildan ikkinchi manzilga yetkazib bermaslik yoki mahsulotni albatta tekshirish so‘ralgan.

Rossiya qonunchiligiga ko‘ra, narkotik moddalarni sotish yoki yetkazib berish uchun uzoq muddatli qamoq jazosi belgilangan.