Yo‘qolganlar ro‘yxatida 12 kishi bor.
Eronning Razaviy Xuroson viloyatining Mashhad shahrida kuchli yomg‘ir sabab bo‘lgan suv toshqini oqibatida yetti kishi halok bo‘ldi. Bu haqda shahar yong‘in xavfsizligi xizmati rahbari Hamidrizo Kafiniya ma’lum qildi, deb yozadi IRNA.
Unga ko‘ra, yong‘in xavfsizligi xizmati xodimlari 15-may, chorshanba kunidan beri suv toshqinidan jabr ko‘rgan aholiga yordam ko‘rsatishda davom etmoqda.
Qidiruv va qutqaruv ishlari davom etmoqda, dedi Kafiniya.
Xuroson Razaviy viloyati Qizil Yarim Oy jamiyati rahbari Mohsin Zokiriyan, o‘z navbatida, 12 kishi bedarak yo‘qolgan deb hisoblanishiga aniqlik kiritdi.
Mashhad munitsipaliteti rahbari Mohsen Daverining aytishicha, toshqindan jabrlangan kamida 250 oila shaharning xavfsizroq joylariga evakuatsiya qilingan.
Daverining so‘zlariga ko‘ra, shahardagi jami 150 ta uy suv toshqinidan zarar ko‘rgan.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!