Ma’lum qilinishicha, yo‘lovchilarga qulaylik yaratish maqsadida 3, 4, 5-may kunlari 775/776-sonli Samarqand—Toshkent—Samarqand yo‘nalishida “Afrosiyob” elektropoyezdining qo‘shimcha harakati yo‘lga qo‘yiladi. Poyezd quyidagi jadval asosida harakatlanadi:

775-sonli “Samarqand — Toshkent” yo‘nalishi

  • Samarqand 11:11 — Toshkent 13:26.

776-sonli “Toshkent — Samarqand” yo‘nalishi

  • Toshkent 13:51 — Samarqand 16:05.

Qo‘shimcha maʼlumotni Toshkent shahridagi 1005 qisqa telefon raqami, joylardagi temiryo‘l chiptaxonalari hamda maʼlumotlar byurosidan bilib olish mumkin. Chiptalarni nafaqat temiryo‘l chiptaxonalaridan, balki elektron tarzda ushbu havola orqali xarid qilsa bo‘ladi.