Jahon

AQSh Kolumbiya universitetida Falastin tarafdorlariga nisbatan kamsitish holatlarini tekshirmoqda

AQSh Kolumbiya universitetida Falastin tarafdorlariga nisbatan kamsitish holatlarini tekshirmoqda

AQSh Ta’lim vazirligi Nyu-Yorkdagi Kolumbiya universitetiga qarshi “Falastin tarafdorlarini kamsitish” aybi bilan tergov boshladi.

Bu haqda Amerikaning Palestine Legal inson huquqlari tashkiloti ijtimoiy tarmoqlardagi xabarida aytiladi.

Qayd etilishicha, Nyu-York politsiya departamenti (NYPD) xodimlarini G’azo sektorida Isroil genotsidiga norozilik bildirgan falastinlik va falastin tarafdori talabalarni hibsga olishga taklif qilgani kamsitish deb baholandi.

Palestine Legal bo’limining katta huquqshunosi Radhika Sainath universitetlarning Falastin tarafdorlariga nisbatan «kamsitish» munosabatini tanqid qildi.

“Qonunlar juda aniq. Universitetlar falastinliklar va ularning tarafdorlariga nisbatan irqchilik zulmini to’xtatmasalar, hukumat mablag’laridan mahrum bo’lishlari mumkin», – dedi u.

Tergov Falastin Huquqiy idorasining «Falastinlik talabalar va ularning tarafdorlarini kamsitib, ular uchun xavfli muhit yaratganligi» haqidagi shikoyati ortidan boshlangan.