Jahon, Yangiliklar

Rossiya Federatsiyasi va Tojikiston prezidentlari terrorizmga qarshi kurashda hamkorlikni muhokama qildi

Rossiya Federatsiyasi va Tojikiston prezidentlari terrorizmga qarshi kurashda hamkorlikni muhokama qildi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin juma kuni tojikistonlik hamkasbi Imomali Rahmon bilan telefon orqali muloqot qildi, deya xabar bermoqda Kreml matbuot xizmati.

Suhbat davomida ikki tomonlama dolzarb mavzular, jumladan, terrorchilik tahdidiga qarshi kurash, migratsiya sohasidagi hamkorlik yuzasidan fikr almashildi. Shu nuqtai nazardan, tegishli vazirlik va idoralarning o‘zaro hamkorligi mexanizmlarini takomillashtirishga kelishib olindi.

Shuningdek, ayrim kuchlarning Rossiyaga, shu jumladan Tojikistondan kelayotgan mehnat muhojirlari atrofidagi vaziyatni sunʼiy ravishda kuchaytirishga urinishlar birgalikda bostirilishi va xalqlar oʻrtasidagi vaqt sinovidan oʻtgan birodarlik munosabatlariga putur yetkaza olmasligi aytildi.

Imomali Rahmon Moskvada G‘alaba kuniga bag‘ishlangan tantanali tadbirga taklif etildi va birgalikda ishtirok etish masalalari muhokama qilindi.