Jahon, Yangiliklar

AQSh Isroilga uzluksiz qurol yetkazib berish haqidagi qonun loyihasini qabul qildi

AQSh Isroilga uzluksiz qurol yetkazib berish haqidagi qonun loyihasini qabul qildi

AQSh Kongressining Vakillar palatasi minimal ko‘pchilik ovoz bilan Isroilga uzluksiz qurol yetkazib berishni nazarda tutuvchi respublikachilar qonun loyihasini ma’qulladi, deb yozadi The Hill.

Prezident Baydenning isroilliklarga ayrim turdagi qurollar yetkazib berishni to‘xtatish haqidagi qarorini bekor qilish taklifini 224 senator qo‘llab-quvvatladi, 187 nafari esa qarshi ovoz berdi.

Qonun loyihasi Oq uy rahbarini Kongress tomonidan tasdiqlangan Isroilga qurol-yarog‘ yetkazib berishni to‘xtatish yoki bekor qilish imkoniyatidan mahrum qiladi. O‘zgartirishlarga muvofiq, qurol yetkazib berish uchun 15 kunlik muddat ajratiladi.

Biroq, bu hujjat demokratlar tomonidan nazorat qilinayotgani va yetakchilari uni ko‘rib chiqmaslikka va’da berganini inobatga olsak, Senat tomonidan qabul qilinish imkoniyati kam. Oq uy, shuningdek, Baydenning o’zgartirishlar Kongress tomonidan qabul qilinsa, ularga veto qo’yish niyatini e’lon qildi.