Hodisa

NASA Saudiya Arabistoni yordamida Oyga uchishni rejalashtirmoqda

NASA Saudiya Arabistoni yordamida Oyga uchishni rejalashtirmoqda

Saudiya Kosmik agentligining Kosmik kelajak markazi Oyga missiya jo‘natish va 2035-yilgacha 2 trillion dollarlik “global kosmik iqtisodiyot”ni yaratishga tayyorgarlik ko‘radi, dedi NASA ma’muri Bill Nelson.

Shu hafta Ar-Riyodga tashrifi chog‘ida AQSh kosmik agentligi rahbari “Asharq” telekanaliga bergan intervyusida kosmik markazning kelajagi kosmik sohalar, tijorat kompaniyalarini davlat dasturlari bilan birlashtirish ekanligini ta’kidladi.

Nelson, shuningdek, NASA xalqaro hamkorlar, ya’ni Saudiya Arabistoni yordami bilan yarim asrdan so‘ng Oyga qaytishini tushuntirdi, deb yozadi IslamNews ArabNews’ga tayanib. Kosmik kelajak markazi 2024-yilning kuzida ochiladi.

Bu tashabbusdan tashqari Saudiya Arabistoni ham Saudiya hukumatining rag‘batlantirish choralari tufayli yaratilayotgan kosmik sohada ko‘plab startaplar paydo bo‘lganiga guvoh bo‘ldi.