Hodisa 3-may kuni Chilonzor tumani, 5-mavze, 16-uy oldida sodir bo‘lgan. Enaga tomonidan bolalar aravachasida (kolyaska) olib ketilayotgan 2023-yilda tug‘ilgan qizaloqni daraxt bosib qolgan va u hodisa joyida vafot etgan.
Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-moddasi 3-qismi (xavfsizlik talablariga javob bermaydigan tovarlarni o‘tkazish maqsadini ko‘zlab ishlab chiqarish, saqlash, tashish yoxud o‘tkazish, ishlar bajarish yoki xizmatlar ko‘rsatish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Tergov harakatlari olib borilmoqda.