Yangiliklar

Bugun mamlakat boʻylab yomgʻir yogʻishi kutilmoqda

Bugun mamlakat boʻylab yomgʻir yogʻishi kutilmoqda

Oʻzgidromet bugun, 5-may kuni Oʻzbekistonda havo harorati qanday boʻlishi haqida maʼlumot berdi. Unga koʻra:

TOSHKENT SHAHRI 

Havo biroz bulutli boʻladi, vaqti-vaqti bilan yomgʻir yogʻadi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Shamol gʻarbdan 5-10 m/s tezlikda esadi, 15-17 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 15-17°, kunduzi 20-22° boʻladi. 

QORAQALPOGʻISTON RESPUBLIKASI, XORAZM VILOYATI 

Havo biroz bulutli boʻladi, kechsi va ertalab baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi. Shamol gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 10-15°, kunduzi 20-25° boʻladi. 

BUXORO VA NAVOIY VILOYATLARI 

Havo biroz bulutli boʻladi, yomgʻir yogʻadi, baʼzi joylarda kuchli boʻlishi, momaqaldiroq boʻlishi mumikn. Shamol gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayadi, ayrim joylarda chang-toʻzonlar bilan kuzatiladi. Harorat kechasi 12-17°, kunduzi 22-27° boʻladi. 

TOSHKENT, SAMARQAND, JIZZAX, SIRDARYO VILOYATLARI 

Havo biroz bulutli boʻladi, yomgʻir yogʻadi, baʼzi joylarda kuchli boʻlishi, momaqaldiroq boʻlishi mumikn. Shamol gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayadi, ayrim joylarda chang-toʻzonlar bilan kuzatiladi. Harorat kechasi 12-14°, kunduzi 20-25° boʻladi. 

QASHQADARYO VA SURXONDARYO VILOYATLARI 

Havo biroz bulutli boʻladi, yomgʻir yogʻadi, baʼzi joylarda kuchli boʻlishi, momaqaldiroq boʻlishi mumikn. Shamol gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayadi, ayrim joylarda chang-toʻzonlar bilan kuzatiladi. Harorat kechasi 12-17°, kunduzi 22-27° boʻladi. 

ANDIJON, NAMANGAN, FARGʻONA VILOYATLARI 

Havo biroz bulutli boʻladi, baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Shamol gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayadi. Harorat kechasi 14-19°, kunduzi 20-25° boʻladi. 

RESPUBLIKANING TOGʻLI HUDUDLARI 

Havo biroz bulutli boʻladi, baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi, baʼzi joylarda kuchli boʻladi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin, baland togʻlarda qorga aylanishi mumkin. Toshkent viloyatining togʻli hududlarida (2000 m dan yuqorida) qor koʻchishi xavfi bor. Sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin. Shamol gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayadi. Harorat kechasi va kunduzi 7-12° boʻladi.