Yangiliklar

Toshkent viloyatida “Mayning ferma” tashkil etgan xonadon aniqlandi

Toshkent viloyatida “Mayning ferma” tashkil etgan xonadon aniqlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Olmaliq shahar boʻlimi, DXX va IIB xodimlari hamkorligida oʻtkazilgan tezkor tadbirda fuqaro J.B. oʻz uyida tijorat maqsadida kompyuter tizimi orqali telekommunikatsiya tarmoqlaridan foydalangan holda 3 ta toʻplamdagi mayning kripto-aktivlari qurilmasini elektr tarmogʻiga toʻgʻridan-toʻgʻri ulab, 103,1 mln soʻmlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganligi aniqlangan. 

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (oʻgʻrilik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.