Jinoyat

Oʻqishga kiritib qoʻyishni vaʼda qilgan firibgarlar ushlandi

Oʻqishga kiritib qoʻyishni vaʼda qilgan firibgarlar ushlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Mirobod tumani boʻlimi va DXX xodimlari hamkorligida oʻtkazilgan tezkor tadbirda fuqarolar D.A. va U.F. 2 nafar fuqaroni Toshkent kimyo texnologiyalari institutining Samarqand filialiga 2-bosqichdan oʻqishga kiritib qoʻyishlari evaziga 5 500 AQSH dollarini olgan vaqtlarida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Shu kabi, Departamentning Yangi Namangan tuman boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda fuqaro X.T. fuqaro I.S.ning ishonchiga kirib, uni qoʻshni Qirgʻiziston Respublikasidagi universitetga oʻqishga kiritib, keyinchalik oʻqishni Namangan davlat universitetiga koʻchirib berishi evaziga 3 000 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalilar bilan ushlandi.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 25, 168-moddasi (firibgarlik)  va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.