Yangiliklar

Namanganda bank kassasidagi 1,5 mlrd soʻmni oʻzlashtirgan ofis boshligʻi aniqlandi

Namanganda bank kassasidagi 1,5 mlrd soʻmni oʻzlashtirgan ofis boshligʻi aniqlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Namangan viloyat boshqarmasi tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda hududiy tijorat bankining Yangiqoʻrgʻon bank xizmatlari ofisi boshligʻi D.Sh. kassa xodimlari M.A. va O.T.ga filial kassasidagi 1,5 mlrd soʻmni goʻyoki Buvayda bank xizmatlari markaziga madad puli sifatida yuborishini aytib, ushbu pullarni hech qanday hujjatsiz olib ketib, noqonuniy oʻzlashtirgan pullari hisobidan Chust tumani, “Guliston” MFY hududida qurilgan koʻp qavatli uydan 3-xonali kvartira hamda “Malibu” rusumli avtotransport vositasini xarid qilganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (oʻzlashtirish yoki rastrata yoʻli bilan talon-toroj qilish) va 243-moddasi (jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.