Jahon

Rossiya Yevropada sabotaj qilishni rejalashtirmoqda – FT

Rossiya Yevropada sabotaj qilishni rejalashtirmoqda – FT

Rossiya Yevropada sabotaj qilishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Financial Times nashri Yevropa razvedka hizmatlariga tayanib xabar berdi.

Nashrning yozishicha, Yevropa Ittifoqi davlatlari hukumatlari allaqachon oʼzlarining maxsus xizmatlaridan Rossiya Federatsiyasi butun qitʼada zoʼravonlik va qoʼporuvchilik harakatlariga tayyorlanayotgani haqida ogohlantirish olgan.

Razvedka manbalaridan biri, faollikning kuchayishi Rossiyaning «barcha jabhalarda» maksimal bosim oʼtkazish istagini aks ettirishini aytdi.

Gazeta Gʼarbdagi harbiy zavodlarda sodir boʼlgan bir qancha voqealarni, jumladan, Ukraina uchun  IRIS-T havo mudofaa tizimlarini ishlab chiqarish bilan shugʼullanuvchi nemis zavodida sodir boʼlgan yongʼin va Uelsdagi BAE Systems oʼq-dorilar zavodidagi portlashni keltirib oʼtadi.

Biroq, Financial Times voqealarga Rossiyaning aloqasi bor-yoʼqligi haqida aniqlik kiritmadi.