Pravoslavlikning rus yoshlariga ta’sirining pasayishi haqidagi ma’lumotlar e’lon qilindi. Shu bilan birga, 25-35 yoshdagilar orasida musulmonlar va ateistlar sonining ko’payishi kuzatilmoqda. Bu haqda TRT rus xizmati xabar qildi.
Rossiyada 25 yoshgacha bo’lgan fuqarolarning atigi 38 foizi, 35 yoshgacha bo’lagnalarning 45 foizi o’zlarini pravoslav nasroniy deb bilishadi, bu 55 va undan katta yoshdagilarga nisbatan 2 baravar kam. Bu haqda pravoslav Pasxa bayrami kuni e’lon qilingan masus so’rov natijalari tasdiqlaydi.
Shuningdek, so‘rov yosh rossiyaliklar orasida islom diniga e’tiqod qiluvchilar soni keksa avlod vakillariga nisbatan sezilarli darajada oshganini ko‘rsatdi: zoomerlar o‘zlarini islom deb hisoblash ehtimoli 8 baravar ko‘p.
Rossiya yoshlari orasida dinga e’tiqod qilmaydiganlar sonining keskin o’sishi ham kuzatilmoqda. Agar 1967 yildan kattaroq respondentlarning atigi 10 foizi o’zlarini «imonsizlar» deb hisoblasa, Zoomer avlodida bu natija 28 foizni tashkil qiladi.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!