Yangiliklar

Xorazmdagi bogʻchada bolalar kaltaklandi

Xorazmdagi bogʻchada bolalar kaltaklandi

Ijtimoiy tarmoqlarda “Bogʻcha opa tomonidan bola kaltaklanib qoʻliga igna tiqildi” sarlavhasi ostida video tarqaldi.

Mazkur holat Bolalar ombudsmani tomonidan nazoratga olindi.

Aniqlanishicha, videodagi holat 2023-yilning noyabr oyida Gurlan tumani, 23-sonli bogʻchada sodir etilgan boʻlib, ushbu bogʻchada tarbiyachi boʻlib ishlovchi F.S. bogʻcha tarbiyalanuvchilari M.X., T.Sh. (2018-yilda tugʻilgan oʻgʻil bolalar) ning goʻyoki bir-biri bilan urushganligi vaji bilan qoʻpol munosabatda boʻlgan va bolalar yuziga bir necha bor tarsaki tushirgan. Bu holat videotasvirga tushgan.

Mazkur holatni, shuningdek, bolaning qoʻliga igna qay tarzda kirganligini aniqlash yuzasidan hozirda Gurlan tumani IIB tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Holat yuzasidan qoʻshimcha maʼlumot beriladi.