Bayden maʼmuriyati oʻtgan hafta Isroilga oʻq-dorilar yetkazib berishni toʻxtatib qoʻydi, bu esa 7-oktabrdan beri birinchi marta AQSh Isroil harbiylari uchun moʻljallangan qurol-yarogʻ yetkazib berishni toʻxtatdi. Bu haqda Isroilning ikki rasmiy vakiliga tayanib, Axios nashri xabar berdi.
Bu qaror Isroil hukumatida jiddiy xavotir va sarosimaga sabab bo‘ldi. Isroil rahbariyati yuk nima uchun kechiktirilganini tushunishga harakat qilmoqda.
Prezident Bayden Isroil ishg’olini qo’llab-quvvatlashiga qarshi chiqqan amerikaliklar tomonidan qattiq tanqidga uchradi.
Oq uy izoh berishdan bosh tortdi.
O’tgan chorshanba kuni AQSh Davlat kotibi Entoni Blinken Isroilga tashrif buyurgani va Netanyaxu bilan Rafahda Isroilning ehtimoliy tajovuzi haqida «qattiq» suhbatlashgani xabar qilingandi. Blinken Rafahdagi «yirik harbiy operatsiya» AQShning ochiqchasiga qarshi chiqishiga olib kelishidan ogohlantirdi.
Hozirgacha bir millionga yaqin falastinlik qochqinlar G’azo sektori janubidagi Rafah shahrida boshpana topdi. Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxu Isroil va HAMAS asirlarni almashish boʻyicha kelishuvga erishgan-kelmaganidan qatʼi nazar, Rafahga bostirib kirishga vaʼda berdi.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!