Jahon

AQSh senatorlari Xalqaro jinoiy sudi prokuroriga tahdid qilishdi

AQSh senatorlari Xalqaro jinoiy sudi prokuroriga tahdid qilishdi

AQSh senatorlari Xalqaro jinoiy sudi prokuroriga Netanyaxuni hibsga olish uchun order bermaslik bilan tahdid qilishdi.

Bir guruh amerikalik respublikachi senatorlar Xalqaro jinoiy sud bosh prokurori Karim Xonni Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxu va boshqa Isroil rasmiylariga qarshi xalqaro hibsga olish orderi chiqarilishidan ogohlantirib, “qattiq sanksiyalar” bilan tahdid qilishdi.

Bosh prokuror Xonga yo‘llangan maktubda aytilishicha, agar u Netanyaxu va boshqa Isroil rasmiylarini hibsga olishga order bersa, vaziyat “nafaqat Isroil suverenitetiga, balki Qo‘shma Shtatlar suverenitetiga tahdid sifatida talqin qilinadi.

«Agar siz Isroilni nishonga olsangiz, biz sizni nishonga olamiz», deb qo’rqitgan senatorlar XJS bosh prokuroriga.

XJS Bosh prokuroriga yo’llangan xat oxirida «siz ogohlantirildingiz» degan so’zlar mavjud.

Ta’kidlanishicha, Netanyaxu va AQSh prezidenti Jo Bayden o‘rtasida bo‘lib o‘tgan telefon suhbatida kun tartibidagi masala G‘azo sektoriga hujumlar uchun Isroil rasmiylarini hibsga olish uchun XJS orderining chiqarilishi ehtimoli bo‘lgan.

Isroilning Walla veb-saytiga ko’ra, so’nggi ikki hafta ichida Isroil rasmiylari XJS Netanyaxu, mudofaa vaziri Yoav Gallant va Bosh shtab boshlig’i Gerzi Halevini hibsga olishga order berishga tayyorlanayotganidan jiddiy xavotirda.

Ismi oshkor etilmagan ikki isroillik amaldorga ko’ra, Netanyaxu Baydenga XJS tomonidan hibsga olinishi mumkin bo’lgan order haqidagi xavotir bildirgan. Xabar qilinishicha, Netanyaxu Baydendan XJS hibsga olinishi mumkin bo’lgan buyruqning oldini olishda yordam so’ragan.