Kecha, 6-may kuni Fargʻonada Oʻzbekiston Davlat xavfsizlik xizmati raisi Abdusalom Azizov, Qirgʻiziston Milliy xavfsizlik davlat qoʻmitasi raisi Qamchibek Tashiyev, Tojikiston Milliy xavfsizlik davlat qoʻmitasi raisi Soymoʻmin Yatimov oʻrtasida uchrashuv boʻlib oʻtdi.
Unda tomonlar mintaqaviy xavfsizlikni taʼminlashga oid barcha muammolar toʻplamini atroflicha muhokama qildi.
Jumladan, Qirgʻiziston va Tojikiston oʻrtasidagi davlat chegaralarini delimitatsiya qilish bilan bogʻliq kun tartibidagi masalalar, shuningdek, Oʻzbekiston va Qirgʻiziston oʻrtasidagi chegarani demarkatsiya qilish masalalari konstruktiv tarzda koʻrib chiqildi.
Uchrashuv ishtirokchilari qirgʻiz-tojik chegaralarini delimitatsiya qilish va oʻzbek-qirgʻiz davlat chegaralarini demarkatsiya qilish jarayonlarini jadallashtirish boʻyicha kelishuvlarga erishdi va tomonlarning oʻzaro manfaatlarini hisobga olgan holda ushbu masalalarni hal etish boʻyicha amaliy chora-tadbirlarni belgilab oldi.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!