Isroil bosh vaziri Netanyaxu Isroilning Rafah shahrida quruqlikdagi harbiy operatsiyani o‘tkazishidan ikkita asosiy maqsad ko‘zlanganini aytdi. Bu garovdagi isroilliklarni qaytarish va HAMAS harakatini yo‘q qilish.
“Biz o‘g‘irlab ketilganlarning avvalgi ozod qilinishi chog‘ida faqat HAMASga harbiy bosim ularning qaytishi uchun zaruriy shart ekanini isbotlaganmiz,”, degan Netanyaxu.
Ta’kidlanishicha, Rafah nazorat-o‘tkazish punktining nazorati “HAMASning harbiy va boshqaruv salohiyatiga putur yetkazish yo‘lidagi juda muhim qadamdir”. Netanyaxu Isroil askarlariga “vazifani a’lo darajada bajargani” uchun minnatdorlik, oxirgi kunlarda halok bo‘lganlarning oilalariga esa hamdardlik bildirdi.
Shuningdek, Isroil Bosh vaziri HAMASning o‘t ochishni to‘xtatish parametrlariga rozi bo‘lishini Rafahdagi harbiy operatsiyani buzishga urinish, deb ta’kidladi.
“Isroil fuqarolarimiz xavfsizligi va davlatimiz kelajagiga tahdid soladigan taklifni qabul qila olmaydi”, degan Netanyaxu.
U Qohirada bo‘lib o‘tgan tinchlik muzokaralarida Isroil delegatsiyasiga garovga olinganlarni ozod qilish va mamlakat xavfsizligini ta’minlash uchun zarur shart-sharoitlarni talab qilishni buyurdi.
Ayni paytda Qohirada tinchlik muzokaralari qayta boshlangan. Hujum arafasida HAMAS Qatar va Misr taklif qilgan sulh parametrlariga rozi bo‘ldi. Kelishuvning birinchi bosqichida yuzlab falastinlik asirlarning ozod etilishi va SAXALning G‘azo sektoridan qisman olib chiqilishi evaziga 33 mahbusning Isroilga topshirilishi, ikkinchi bosqichda qolgan barcha tirik mahbuslarning ozod etilishi ko‘zda tutilgan. Asirlarni almashish va sulh shartnomasini tuzishning uchinchi bosqichida isroillik garovga olinganlarning qolgan jasadlarini topshirish, blokadani olib tashlash va Falastin anklavini tiklash nazarda tutilgan.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!