Behzod Abdurahmonov 2020-yilda Visa kompaniyasiga O‘zbekiston va Turkmaniston banklarida biznesni rivojlantirish bo‘yicha menejer sifatida qo‘shilgan bo‘lib, chakana bank biznesi, innovatsiyalar, kartalar va to‘lov tizimlari sohasida 15 yildan ortiq tajribaga ega.
“Behzod Visa CISSEE jamoasining qimmatli a’zosi bo‘lib, 4 yil davomida mijozlar bilan mustahkam munosabatlarni saqlab kelgan va bozorda biznesni rivojlantirishga hissa qo‘shgan. Biz yangi lavozimda u Visa’ning iqtisodiyotni raqamlashtirish va O‘zbekistonda moliyaviy xizmatlardan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish maqsadlariga erishishda yordam berishiga ishonamiz”, — deydi katta vitse-prezident, Ukraina, Gruziya, MDH mamlakatlari va Janubi-sharqiy Yevropadagi Visa mintaqaviy menejeri Kristina Dorosh.
O‘zbekiston Visa uchun strategik ahamiyatga ega bozor bo‘lib, 2023-yilda kompaniya mamlakatdagi barcha moliya institutlari va savdo va xizmat ko‘rsatish korxonalariga ko‘rsatilayotgan yordamni kuchaytirish maqsadida Toshkentda o‘z ofisini ochdi.
Visa — elektron to‘lovlar sanoatining dunyodagi yetakchisi. Visa 200 dan ortiq mamlakat va hududlarda iste’molchilar, biznes, moliyaviy va davlat tashkilotlari o‘rtasidagi tranzaksiyalarni amalga oshiradi.