Jahon

Polsha sharqiy chegarasini mustahkamlash niyatida

Polsha sharqiy chegarasini mustahkamlash niyatida

Belarusning uyushgan migratsiya tufayli yaratayotgan bosimi tufayli mamlakat sharqdagi chegarasini mustahkamlaydi. Bu haqda Polsha bosh vaziri Donald Tuskka tayanib, BILD nashri xabar berdi.

Bosh vazir, shuningdek, ikkinchi sababi Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishi tahdidining kuchayishini keltirib o’tgan.

“Biz Polshaning butun sharqiy chegarasi boʻylab quriladigan zamonaviy istehkom ustida jadal ishlarni boshladik”, dedi Tusk Polsha-Belarus chegarasi yaqinidagi Karakule qishlogʻida chegarachilar va askarlarga.

Polshaning sharqiy chegarasi ham Yevropa Ittifoqining tashqi chegarasi boʻlganligi sababli, Yevropa Ittifoqi tuzilmalari ham uni mustahkamlash uchun mablagʻ sarflaydi.

2022-yilning yozida Polsha Belarus bilan 418 kilometrlik chegarasining quruqlik qismlarini balandligi besh yarim metrli panjara va elektron kuzatuv tizimi bilan o‘rab oldi.

Polsha mudofaa vaziri Vladislav Kosiniyak-Kamysh yaqinda mamlakat Belarus va Rossiyaning Kaliningrad viloyati bilan chegarasida ham bunkerlar va xandaklar qurishini aytdi.