Hodisa, Jahon

Rossiyada avtobus daryoga tushib ketdi

Rossiyada avtobus daryoga tushib ketdi

Sankt-Peterburg markazida 20 ga yaqin yo‘lovchisi bo‘lgan avtobus daryoga tushib ketdi. Bu haqda TASS xabar berdi.

Ma’lum bo’lishicha, haydovchi bir nechta mashinani urib yuborgan va avtobus ko‘prikdan pastga qulagan. Yaqin atrofdagi qurilish maydonchasida ishlayotgan ishchilar odamlarni avtobusdan tushirishga yordam bergan.

Ta’kidlanishicha, ular tushlik qilayotgan bo’lgan va suvga tushib ketgan avtobusni ko‘rib, odamlarni qutqarish uchun o‘zini suvga tashlagan.

Hozirda qurbonlar soni haqida aniq ma’lumot yo‘q. Ommaviy axborot vositalarida bir qancha qurbonlar va yaralanganlar haqida xabar berilgan.

Yangilangan ma’lumotlarga ko‘ra, olti kishi shifoxonaga yotqizilgan, 3 kishi vafot etgan.

Avtobus haydovchisi qo‘lga olinib, unga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan.