Toshkent aeroportini ko‘chirish haqidagi hukumat qarori bekor qilindi. Bu haqda 6-may kuni qabul qilingan Vazirlar Mahkamasining «O‘zbekiston Respublikasi hukumatining ayrim qarorlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida»gi qarorida keltirilgan.
Hujjatda 1989-yildan 2023-yilgacha bo‘lgan davrda qabul qilingan 493 ta qarorni bekor qilish nazarda tutilgan.
Jumladan, 1992-yil 24-iyuldagi «Toshkent aeroportini ko‘chirish haqida»gi qaror ham bekor qilingan. Mazkur qarorda Toshkent aeroportini shahardan 45 kilometr janubi-g‘arbda va Chinoz shahridan 12 kilometr shimolda joylashgan yer uchastkasiga ko‘chirish ko‘zda tutilgan edi.
Avvalroq, «Uzbekistan Airports» AJning sobiq rahbari Ra’no Jo‘rayeva Toshkent aeroportini ko‘chirish masalasi Prezident bilan muhokama qilinayotganini ma’lum qilgan.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!