Jahon, Siyosat

Armanistonda Pashinyanga qarshi mitingda 130 dan ortiq namoyishchi hibsga olindi

Armanistonda Pashinyanga qarshi mitingda 130 dan ortiq namoyishchi hibsga olindi

Armaniston muxolifati tarafdorlari mamlakat Bosh vaziri Nikol Pashinyanning iste’fosini talab qilib, Yerevan ko‘chalarini to‘sib qo‘yishga kirishdi. Bu haqda mahalliy nashrlar xabar berdi. 

Ma’lum qilinishicha, odamlar ko‘chalarni skameykalar va axlat qutilari bilan to‘sib qo‘ygan, namoyishlar sodir bo‘lgan joyga politsiya yetib kelgan, hibsga olinganlar ham kuzatilmoqda.

Ichki ishlar vazirligi matbuot xizmati Armaniston politsiyasi allaqachon 130 dan ortiq namoyishchini hibsga olganini xabar qildi.

“Mahalliy vaqt bilan soat 10:40 holatiga ko‘ra, Yerevanda ko‘chalarni to‘sayotgan 134 kishi qo‘lga olindi”, deyiladi rasmiy xabarda.

Ichki ishlar vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, ular politsiyaning qonuniy talablariga bo‘ysunmagan. Hibsga olish vaqtida politsiya nafaqat qoidabuzarlarga, balki jurnalistlarga ham kuch ishlatgani aytilmoqda.