Iqtisod, O‘zbekiston

Qozog‘istonga 900 mln kub metrdan ortiq suv yetkazib beriladi

Qozog‘istonga 900 mln kub metrdan ortiq suv yetkazib beriladi

Qozog‘iston Suv xo‘jaligi va irrigatsiya vaziri Nurjon Nurjigitov Davlatlararo suv xo‘jaligini muvofiqlashtiruvchi komissiyasining 86-yigilishida ishtirok etgan. Komissiya tarkibiga Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston va O‘zbekiston kiradi.

Uchrashuv yakunlari bo‘yicha vazir sug‘orish mavsumida “Do‘stlik” davlatlararo kanali orqali oqib o‘tadigan 922 million kub metr suvni Qozog‘istonga yetkazib berishga kelishib olgan.

Shu bilan birga, Turkiston viloyatidagi Shardara suv omborida 4,8 milliard kub metr suv to‘plangan. Qozog‘iston janubidagi dalalarni sug‘orishda foydalaniladigan Qirg‘izistondagi To‘qto‘g‘ul suv omborida esa 8 milliard kub metr suv yig‘ilgan.

Shuningdek, yig‘ilishda Norin-Sirdaryo suv omborlarini joriy yilning 30 sentyabriga qadar foydalanishning prognoz jadvali tasdiqlandi. Yig‘ilishda Qozog‘iston yil boshidan buyon raislik qilayotgan Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasi doirasidagi ishlar alohida muhokama qilindi. Qozog‘iston barcha tashkiliy ishlarni yakunladi.

“Markaziy Osiyo mamlakatlari o‘rtasida suv-energetika sohasidagi hamkorlik mexanizmini yaratish to‘g‘risida”gi shartnoma loyihasi ham ishlab chiqilmoqda.

“Hozirgi birinchi vazifamiz toshqin suvini yig‘ishdir. Biz uni Kaspiy dengizi, Balxash, Qamish-Samar ko‘llariga, Ulitov viloyatidan Qizilo‘rda viloyati ko‘llariga va hokazolarga jo‘natamiz. Lekin janubiy viloyatlarni ham suv bilan ta’minlash muhim. Bu borada esa suv diplomatiyasi muhim ahamiyatga ega, deydi Nurjon Nurjigitov.

Davlatlararo suv xo‘jaligini muvofiqlashtiruvchi komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi joriy yilning sentyabr oyida Turkmanistonda bo‘lib o‘tadi.