Jahon

Gruziya Prezidenti muammoli qonunga veto qo‘yishga va’da berdi

Gruziya Prezidenti muammoli qonunga veto qo‘yishga va’da berdi

Gruziya parlamenti “Xorijiy ta’sirning shaffofligi to‘g‘risida”gi qonun loyihasini uchinchi o‘qishda ham qabul qildi. Mamlakat Prezidenti Salome Zurabishvili esa qonunga veto qo‘yishga va’da berdi. Bu haqda “Georgia Online” xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, hukmron “Gruziya orzusi” partiyasi va uning ittifoqdosh “Xalq kuchi” fraksiyasidan 84 deputat qonun uchun ovoz bergan. 30 muxolifatchi deputat bunga qarshi chiqqan.

Shunday qilib, munozarali qonun qabul qilindi, biroq mamlakat Prezidenti Salome Zurabishvili qonunga veto qo‘yishga va’da berdi. Davlat rahbarining so‘zlariga ko‘ra, bu Gruziyaning YeIga yo‘lini yopadi va mamlakatni Rossiya tomon buradi.

Biroq hukmron ko‘pchilik Prezident vetosini bekor qilish uchun yetarli ovozga ega.

Tbilisida parlament oldidagi maydonda yana norozilik namoyishlari bo‘lib o‘tdi. Ichki ishlar organlari xodimlariga bo‘ysunmaslik va mayda bezorilik uchun 13 nafar shaxs qo‘lga olindi.

“Xorijiy ta’sirning shaffofligi to‘g‘risida”gi qonunga ko‘ra, yillik daromadining 20 foizidan ko‘prog‘ini chet eldan moliyalashtirgan nodavlat tashkilotlar va ommaviy axborot vositalari “xorijiy manfaatdor tashkilotlar” sifatida ro‘yxatdan o‘tishi va yillik moliyaviy deklaratsiya topshirishi shart.

Qochganlik uchun 25 ming lari (taxminan 9,5 ming dollar) miqdorida jarima solinadi.